Fan-texnika | 12:05 / 12.11.2021
32297
1 daqiqa o‘qiladi

Hyundai retrofuturizm uslubidagi elektromobilni namoyish etdi

Hyundai kompaniyasi qayta tiklangan va modifikatsiya qilingan Heritage seriyasidagi ikkinchi avtomobilni namoyish etdi.

Foto: Hyundai

Kompaniya Mitsubishi bilan birgalikda chiqargan 1986 yil Grandeur sedani modelini yangiladi. Bu haqda Hyundai saytida xabar qilingan.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi deyarli 80-yillardagi kabi, biroq unga pikselli svetodiod fara va chiroqlar o‘rnatilgan. Shuningdek, ayrim bezak elementlari xrom bilan qoplangan.

Mashina ichida hamma narsa o‘zgartirilgan: ovoz va boshqaruv paneliga ega keng formatli sensor ekran o‘rnatilgan, fon yoritgichi va ko‘zgu effektidagi tom qo‘yilgan. Bundan tashqari, soatlarni saqlash uchun maxsus slot va virtual pianino kabi yashirin detallar ham bor.

Konsept yagona nusxada. Hozircha u Seuldagi Hyundai Motorstudio Goyang markazidagina namoyish etildi. Kompaniya Grandeur avtomobiligacha Heritage seriyasida Pony hetchbekini ham namoyish etgandi

Grandeur, 1986 yil, Hyundai

Mavzuga oid