Jahon | 17:59 / 12.11.2021
2681
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq, Suriya va Yaman fuqarolariga Turkiyadan Belarusga parvoz qilish taqiqlandi

Avvalroq Belarusning “Belavia” aviakompaniyasi 12 noyabrdan Turkiyadan Belarusga uchib kelgan Iroq, Suriya va Yaman fuqarolari qabul qilinmasligini ma'lum qilgandi.

Foto: Reuters

Turkiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Iroq, Suriya va Yaman fuqarolariga Turkiya aeroportlaridan Belarusga parvoz qilishni taqiqladi, deb xabar berdi Daily Sabah.

“Yevropa ittifoqi va Belarus o‘rtasidagi chegara noqonuniy ravishda kesib o‘tilishi muammosi sababli Turkiya aeroportlaridan Belarusga safar qilishni istagan Iroq, Suriya va Yaman fuqarolariga chipta sotib olish va samolyotga chiqishni taqiqlashga qaror qilindi”, – deyiladi boshqarma bildiruvida.

Avvalroq Belarusning “Belavia” aviakompaniyasi 12 noyabrdan Turkiyadan Belarusga uchib kelgan Iroq, Suriya va Yaman fuqarolari qabul qilinmasligini ma'lum qilgandi.

11 noyabr kuni Turkish Airlines aviakompaniyasi ham xuddi shunday qarorga kelgan.

Yevroittifoq Belarus hukumatini Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolarini Yevropaga o‘tkazishda aybdor qilmoqda. Polsha, Litva va Latviya chegarachilari migrantlarni kiritmaslikka urinmoqda, Minsk ularni shafqatsizlikda ayblamoqda.

Bryussel vaziyat Minskning “gibrid tajovuzkorligi” oqibati deb hisoblamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid