Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Buxoro yo‘nalishida yangi «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan 2021 yil 13 noyabrdan boshlab haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarning zamonaviy poyezdlarga bo‘lgan talabini to‘la qondirish, ichki turizmni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan.
Harakat jadvaliga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari soat 09:02da Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand va Navoiy temiryo‘l vokzallarida to‘xtab o‘tib, soat 12:47da Buxoro 1-temiryo‘l vokzaliga yetib boradi.
769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi shanba va yakshanba kunlari soat 15:02da Buxoro 1-temiryo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50da Toshkent markaziy temiryo‘l vokzaliga kirib keladi.
Avvalroq, Toshkent – Buxoro yo‘nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi yo‘lda to‘xtab qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
08:48 / 16.05.2025