Jamiyat | 23:45 / 15.11.2021
1916
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda xalqaro yo‘lda xavfli drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi

Samarqand tumanida xalqaro yo‘lda xavfli drift qilgan haydovchiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 2021 yil 15 noyabr kuni soat 15:00 larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida Nexia 2 mashinasi haydovchisi boshqa transport vositalariga xalaqit bergan holda xavfli driftni amalga oshirgan.

Qayd etilishicha, viloyat IIIB YHXB xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovchi topilgan. Uning shaxsiga aniqlik kiritilib, sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mashina jarima maydonchasiga joylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

 

Mavzuga oid