Trampning sobiq maslahatchisi hibsga olindi
Stiv Bennonga kongressga hurmatsizlik bo‘yicha ikkita ayblov e'lon qilingan: birinchisi 14 oktabr kuni ko‘rsatma berish uchun kelmagani, ikkinchisi hujjatlar taqdim etishdan bosh tortgani uchun.
Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bennon federal hukumatga taslim bo‘ldi. Bennon yanvarda Kapitoliyga hujum borasida surishtiruv olib borayotgan vakillar palatasi qo‘mitasiga borishni rad etgandi.
Xabar qilinishicha, Bennonga kongressga hurmatsizlik bo‘yicha ikkita ayblov e'lon qilingan: birinchisi 14 oktabr kuni ko‘rsatma berish uchun kelmagani, ikkinchisi hujjatlar taqdim etishdan bosh tortgani uchun.
Associated Press agentligining ma'lumot berishicha, ayblov xulosasiga ko‘ra, Bennon 24 sentyabrda xabarnoma olganidan so‘ng qo‘mita bilan aloqaga chiqmagan, 7 oktyabrda uning advokati Bennon qo‘mita Tramp bilan kelishuvga erishmagunicha ko‘rsatma bermasligi va hech qanday hujjatni taqdim etmasligini bildirgan.
Bennon bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.
Kongressmenlar Kapitoliyga qilingan hujum bo‘yicha sobiq prezident Donald Trampning olti nafar sobiq yordamchilarini ko‘rsatma berish uchun chaqirgan.
Mavzuga oid
10:37
Sud Trampning Stormi Denielsga to‘lovlari bo‘yicha ish yuzasidan qarorni kechiktirdi
09:56
Tramp Soros fondi sobiq menejerini moliya vaziri etib tanladi
17:48 / 22.11.2024
Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga yangi nomzod sifatida ko‘rsatdi
21:00 / 21.11.2024