Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston emlangan turistlar uchun ochildi
Turistlar pandemiya bo‘yicha barcha qoidalarga rioya qilishi va kirib kelganidan so‘ng 72 soat ichida koronavirusga test topshirishi kerak bo‘ladi.
Hindiston 2020 yil martdan buyon ilk bor xorijlik turistlar uchun chegaralarini ochdi. Mamlakatga koronavirusga qarshi to‘liq emlangan sayyohlargina kiritiladi, deb xabar bermoqda AP.
Bundan tashqari, turistlar pandemiya bo‘yicha barcha qoidalarga rioya qilishi va kirib kelganidan so‘ng 72 soat ichida koronavirusga test topshirishi kerak bo‘ladi.
Qayd etilishicha, vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuv imzolagan mamlakatlardan kelgan turistlar koronavirusga test topshirmasliklari mumkin.
Hindistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi ortidan cheklovlar yumshatilmoqda.
Mamlakat hukumati kelgusi yil martiga qadar 500 mingta bepul viza berishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025