Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevan Moskvaga Armaniston hududini himoya qilishni so‘rab murojaat qildi
Armen Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan Ozarboyjon bilan muzokaralar natija bermasa, Rossiya Armanistonga yetarlicha harbiy yordam ko‘rsatishidan umid qilmoqda.
Armaniston hukumati mamlakat hududini Ozarboyjon qo‘shinlarining hujumidan himoya qilishni so‘rab Moskvaga murojaat yo‘llaydi. Bu haqda Armaniston xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan ma'lum qildi.
«Armaniston suveren hududiga hujum qilingani sababli 1997 yildagi shartnomaga ko‘ra, biz Rossiyaga Armaniston hududiy yaxlitligini himoya qilish chaqirig‘i bilan murojaat qilamiz. Hozirda yozma murojaat tayyorlanmoqda», — dedi u.
Grigoryanning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan Ozarboyjon bilan muzokaralar natija bermasa, Rossiya Armanistonga yetarlicha harbiy yordam ko‘rsatishidan umid qilmoqda.
1997 yil avgustda Rossiya va Armaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Uning amal qilish muddati 25 yilni tashkil etadi va avtomatik ravishda 10 yilga uzaytiriladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025