Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple mijozlari qurilmalarini o‘zlari ta'mirlashi mumkin bo‘ladi
Kompaniya original ehtiyot qismlar va instrumentlar sotishni boshlaydi.
17 noyabr kuni Apple kompaniyasi Self Service Repair dasturini e'lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan sotiladigan original ehtiyot qismlardan foydalangan holda mijozlar o‘z qurilmalarini o‘zlari ta'mirlashlari mumkin bo‘ladi. Apple dasturni 2022 yil boshida AQShda, yil davomida esa yana bir qator mamlakatlarda ishga tushiradi.
Dastlab mazkur taklifdan iPhone 12 va iPhone 13 smartfon egalari foydalanishlari mumkin. Keyinroq esa kompaniya M1 chipli Mac kompyuterlari, jumladan, MacBook Air, 13 dyuymli MacBook Pro, Mac mini va 24-dyuymli iMac’ni mustaqil ta'mirlash uchun ham ehtiyot qismlarni taqdim etadi.
Apple mijozlari original ehtiyot qismlarni onlayn xarid qilishlari mumkin. Internet do‘konda jami 200dan ortiq ehtiyot qism va instrumentlar taqdim etiladi.
Birinchi bosqichda mijozlar smartfon uchun ekran, kamera va akkumulyatorlar xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Kelajakda esa boshqa ehtiyot qismlar ham chiqariladi.
Apple qurilma egalariga uy sharoitida ta'mirlash bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalarni taqdim etadi. Kompaniya ularni AQShda dastur yo‘lga qo‘yilganidan keyin o‘z saytida e'lon qiladi.
Agar qurilma egasi ta'mirlash jarayonida uni buzib qo‘ymasa, mustaqil ta'mirlash qurilma uchun kafolatni bekor qilmaydi. Biroq Apple’da dastur elektron qurilmalarni ta'mirlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lganlar uchun mo‘ljallangani ta'kidlangan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025