Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro delegatsiyasi Moskvada shahrida muhim kelishuvlarga erishmoqda
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida o‘tkazilayotgan ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida Moskva shahrida bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Forum doirasida Rossiya biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilyapti. Xususan, 17 noyabr kuni Buxoro delegatsiyasi Milliy ulgurji tarqatish markazlari assotsiatsiyasiga tashrif buyurgan. Mazkur assotsiatsiya tarkibida turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, 180 nafar a'zosi bor. Ularning 15 nafari xorijiy a'zolar.
Uchrashuv davomida assotsiatsiya ijrochi direktori V.Lishuk bilan muzokaralar olib borilgan hamda retort paketlarida tayyor ovqatlar, yangi texnologiya asosida biogumus moddali o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ulgurji markazlar tashkil etish borasida muhim kelishuvlarga erishilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025