O‘zbekiston | 17:00 / 18.11.2021
81123
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Jahongir Ortiqxo‘jayev bosh vazirga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarligiga tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda sayt tahririyatida u hukumatda qaysi sohaga mas'ul bo‘lishi haqida aniq ma'lumot yo‘q.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

U o‘z faoliyatini «Jahongir»  MChJ direktori sifatida boshlagan, 2000-yillar boshida Akfa kompaniyasiga, 2011 yilda maishiy texnika buyumlari ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasiga asos solgan. 2017-2018 yillarda Tashkent city direksiyasi direktori lavozimida ishlagan.

Ortiqxo‘jayev 2018 yil aprelidan buyon Toshkent shahriga rahbarlik qilib kelmoqda.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston hukumatida 6ta bosh vazir o‘rinbosari lavozimi bor: birinchi o‘rinbosar Ochilboy Ramatov (Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari), iqtisodiy kompleks rahbari Jamshid Qo‘chqorov, qishloq xo‘jaligi masalalari kompleksi rahbari Shuhrat G‘aniyev,  investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar Sardor Umrzoqov, turizm va sportga mas'ul bo‘lgan Aziz Abduhakimov.

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi esa biroz avvalroq bo‘sh qolgandi - Behzod Musayev SSV rahbari lavozimiga o‘tkazilgan.

  • Bundan avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi lavozimidan ketishi va uning o‘rnini Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov egallashi haqida xabarlar tarqalgan, Kun.uz manbasi bu ma'lumotni rad etib, Hidoyatov Toshkent viloyatining Chirchiq shahri hokimi bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid