O‘zbekiston | 16:34 / 19.11.2021
2149
1 daqiqa o‘qiladi

Shohrux G‘iyosov - Jamoatchilik bilan muloqotda IIV tizimida kamchiliklar bor

18 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov tizimda jamoatchilik bilan muloqotda kuzatilayotgan kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: KUN.UZ

Shuningdek, Shohrux G‘iyosovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, yil boshidan shu kungacha ijtimoiy tarmoqda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 587 ta xabar tarqalgan. O‘rganish jarayonida ularning 41 tasi tasdiqlangan xabarligi ma'lum bo‘lgan.

IIV matbuot kotibi Musa Erniyazov o‘limi haqidagi feyk xabardan keyin qoraqalpog‘istonlik jurnalist va blogerlar prokuraturaga olib ketilishiga ham munosabat bildirdi.

Musa Erniyazov/Foto: KUN.UZ

Shohrux G‘iyosovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma'lumotlar tarqalganligi bo‘yicha surishtiruv ishlari o‘tkazilgan.

Surishtiruv yakuni bo‘yicha hozircha qo‘shimcha ma'lumot berilmadi.

Bundan bir yil oldin Musa Erniyazov o‘limi haqidagi feyk xabardan keyin Qoraqalpog‘istondagi saytlar xodimlari va 3 nafar bloger prokuraturaga olib ketilgandi.

Mavzuga oid