Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryodagi IESni Fransiya, Qatar va Yaponiya kompaniyalar konsorsiumi quradi
Loyihani amalga oshirishga jalb qilinayotgan investitsiyalar miqdori 1,2 mlrd dollarga baholanmoqda.
Sirdaryo viloyatida 1600 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari e'lon qilindi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma'lumot bermoqda.
Dastlabki tanlovda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Fransiyadan 10 ta kompaniya ishtirok etib, ulardan 8 tasi ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation (Fransiya, Katar, Yaponiya) kompaniyalar konsorsiumi ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 3,367 sentga teng bo‘lgan tarifi bilan issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender g‘olibi deb e'lon qilindi.

Powerchina Resources Ltd ishlab chiqariladigan 1 kVt/s elektr energiya uchun 3,471 sentga teng bo‘lgan tarifi bilan ushbu tenderning zaxira g‘olibi deb topilgan.
Issiqlik elektr stansiyasi 2025 yilning o‘rtasida ishga tushirilishi kutilmoqda. Elektr stansiyasining ishga tushirilishi yiliga 12 mlrd kVt/s elektr energiya ishlab chiqarishni ta'minlashi aytib o‘tilgan.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi 1,5 mln xonadonni qo‘shimcha elektr energiya bilan ta'minlash, shuningdek, qurilish vaqtida 1000 ga yaqin yangi hamda stansiyadan foydalanish vaqtida 50 ta doimiy ish o‘rni yaratishga imkon berishi ko‘zda tutilmoqda.
Loyihani amalga oshirishga jalb qilinayotgan investitsiyalar miqdori 1,2 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi
17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi
13:45 / 26.02.2025