Jamiyat | 11:00 / 20.11.2021
1930
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati

Surxondaryo viloyati Denov tumanida marixuana giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 oktabr kuni, Denov tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning Ko‘kabuloq mahallasi hududida tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, J.Solijonning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, omborxonasida 39 dona gugurt qutisiga joylangan 132,65 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 2 noyabr kuni J.Solijonga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid