Jahon | 11:23 / 21.11.2021
7314
1 daqiqa o‘qiladi

Somali poytaxtida portlash sodir bo‘ldi

Portlash shahar markazida, prezident saroyi yaqinida sodir bo‘lgan.

Foto: Reuters

Somali poytaxti Mogadishoda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Goobjoog News portali xabar bermoqda.

Portlash shahar markazida, prezident saroyi yaqinida sodir bo‘lgan.

Portal ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida somalilik taniqli jurnalist Abdiaziz Afkira halok bo‘lgan. U Radio Muqdisho radiostansiyasi rahbari edi.

O‘z navbatida, Garowe portali bir necha kishi, jumladan, davlat telekanali rahbari jarohatlanganini yozmoqda. Xabar qilinishicha, portlovchi qurilma uning mashinasiga o‘rnatilgan bo‘lgan.

Mavzuga oid