Afg‘onistonda ayollar ishtirokidagi seriallar namoyishi taqiqlandi
Yangi qoidalarga ko‘ra, barcha telekanallar ko‘rsatuvlari shariat va axloq me'yorlarini buzmasligini, ko‘ngilochar va hajviy dasturlar diniy e'tiqodni tahqirlamasligini nazorat qilishi lozim.

Foto: AP
«Tolibon» harakati Afg‘onistondagi telekanallar uchun yangi qoidalarni joriy etdi. Mamlakatda ayollar ishtirokidagi seriallar, shariat qoidalariga zid kino va ko‘rsatuvlar hamda ayollar va erkaklar yarim yalang‘och holda bo‘lgan kliplarni namoyish etish taqiqlandi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, barcha telekanallar ko‘rsatuvlari shariat va axloq me'yorlarini buzmasligini, ko‘ngilochar va hajviy dasturlar diniy e'tiqodni tahqirlamasligini nazorat qilishi lozim.
Jurnalist va boshlovchi ayollar kadrda ro‘mol o‘ragan holda ko‘rinishi darkor, deb yozadi Bi-bi-si.
Toliblar shuningdek, g‘arbiy qadriyatlarni targ‘ib qiladigan va Muhammad alayhissalom va uning sahobalari tasvirlangan film va seriallar namoyishlarini ham taqiqladi.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025