Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada naqd puldan to‘liq voz kechilishi mumkin
Angliya banki vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozir kredit va debet kartalari ommalashmoqda.
Britaniyada mamlakat iqtisodiyotida muntazam ravishda yo‘qolib borayotgani sababli naqd puldan voz kechish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Angliya banki raisi o‘rinbosari Jon Kanliffga tayanib Bloomberg xabar berdi.
«Markaziy bankning davlat pullari yo‘qolib bormoqda. Londonda naqd puldan foydalanish imkoni yo‘q joylar bor», — dedi Kanliff.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Angliyada kredit va debet kartalari ommalashmoqda. Shuningdek, naqd pul muomalasini kamaytiradigan onlayn-texnologiyalar jadal rivojlanmoqda.
Kanliffning fikricha, Britaniya hukumati kelajak moliya tizimidagi barcha pul operatsiyalarini kuzatishga moslashishiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Shvetsiya naqd puldan voz kechish va milliy valutaning raqamli muqobiliga o‘tishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025