Jahon | 15:48 / 23.11.2021
11584
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda dunyodagi eng baland panoramali basseyn ochildi

Aura Skypool deb nomlanuvchi mazkur basseyn 200 metr balandlikda joylashgan. 

Foto: Aura Skypool

Dubayda dunyodagi eng baland panoramali basseyn ochildi, deb xabar berdi Thenationalnews.com.

Aura Skypool deb nomlanuvchi mazkur basseyn 200 metr balandlikda joylashgan. 

U hozirda dunyodagi eng baland panoramali basseyn hisoblanadi. Bu yerdan Dubay, Fors ko‘rfazi, Palma Jumayra oroli ko‘rinib turadi. Shuningdek, Burj-al-Arab va Burj-Xalifa binolari hamda BAAdagi eng baland Ain Dubai tomosha g‘ildiragi ham ko‘zga tashlanib turadi.

Basseyn Palm Tower binosining 50-qavatida joylashgan. Unga kirish narxi mehmonning qaysi hududni tanlashi va qaysi vaqtda kelishiga bog‘liq. Narxlar 170 dirhamdan (46 dollar) boshlanadi.

Mavzuga oid