Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Siemens” O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi O‘zbekistonda past va yuqori kuchlanishli elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaradi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov va korxona vakillarining Germaniyaga safari davomida shunday kelishuvga erishilgan. Bu haqda uyushma Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, uyushma tarkibiga kiruvchi “O’zelektroapparat-Electroshield” korxonasi Germaniyaning Myunxen shahrida “Siemens” kompaniyasi bilan kelishuv bitimini imzolagan.
Past va yuqori kuchlanishli transformatorlar, quyosh panellari uchun konvertorlar, “aqlli uy” loyihalari uchun yuqori texnologiyalar
Ta'kidlanishicha, nemis kompaniyasi bosh direktori A. Liberov, ““Siemens” O‘zbekiston bilan texnologik hamkorlik qilishga tayyor”ligini bildirgan. Qolaversa, kompaniya “mamlakatda “yashil energetika” sohasida tejamkor texnologiyalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratish”ni reja qilgan.
Mavzuga oid
15:08 / 31.03.2025
Sirdaryoda Siemens ishtirokida "yashil" logistika markazi tashkil etilishi mumkin
12:15 / 19.03.2025
Siemens butun dunyo bo‘ylab 6000 dan ortiq ish o‘rinlarini qisqartiradi
22:07 / 14.03.2025
Germaniyada Qrimga turbina yuborgan Siemens menejerlari sud qilinadi
17:09 / 05.01.2025