Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobyanin kommunal sohadagi migrantlar sonini kamaytirishga chaqirdi
Moskva meri o‘tgan haftada renovatsiya dasturi doirasidagi qurilishlarda migrantlar soni kamaytirilishini aytgandi.
Moskva meri Sergey Sobyanin rayonlardagi kommunal xo‘jaliklarni migrantlar sonini kamaytirishga chaqirdi.
«Shahardagi yirik kommunal korxonalarda migrantlar deyarli yo‘q. Ular uy-joy kommunal xo‘jaliklarida qolgan xolos. Ammo menimcha, ularning o‘rniga rezervlar yetarli», — dedi u.
Sobyanin o‘tgan haftada renovatsiya dasturi doirasidagi qurilishlarda migrantlar soni kamaytirilishini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurilishlarga «boshqacha sifatdagi, boshqacha maosh oluvchi ishchilar kerak».
Sobyanin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Moskvadagi qurilish obektlarida mehnat qilayotgan migrantlar soni ikki barobardan ko‘proqqa kamaygan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025