Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an turk lirasi qadrsizlanishida tashqi kuchlarni aybladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an milliy valuta - turk lirasi qadrsizlanishida tashqi kuchlarni aybladi. U bu haqda Izmirdagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Anqara tayanch stavkasini tushirish siyosatini davom ettiradi.
“Biz o‘z xalqimiz, fermerlarimizni stavkaga tilka-pora qilinishiga yo‘l bermaymiz. Xorijiy agentlar bor, ular bizga hujum qilmoqda. Biroq ular nimaiki qilmasin, biz o‘z iqtisodiy dasturimizdan voz kechmaymiz”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.
Avvalroq ham Erdo‘g‘an “tashqi kuchlar” nomiga bunday ayblovlarni bildirgan, biroq kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan.
23 noyabrda Turkiyaning bir qator shaharlarida liraning qadrsizlanishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar prezident va hukumatning iste'fosini talab qilgan. 24 noyabrda esa poytaxt Anqarada tashkil etilgan norozilik namoyishida 43 kishi qo‘lga olingan. Aholi hukumatning turk lirasi qadrsizlanishiga olib kelgan iqtisodiy siyosatiga qarshi norozilik bildirgan.
Turkiya parlamentining sobiq a'zosi Aykan Erdemirning ta'kidlashicha, Erdo‘g‘anning o‘z iqtisodiy siyosatini qo‘llab-quvvatlashi milliy valuta bilan bog‘liq vaziyatni yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Yil boshidan beri turk valutasi 70 foizga qadrsizlanib ketdi. Yanvarda bir dollar uchun 7,3 lirasi berilgan bo‘lsa, 24 noyabrda uning kursi bir dollar uchun 13,5 liragacha tushib ketgan. 25 noyabrda turk milliy valutasi kursi biroz barqarorlashib, bir dollar uchun 12 lira atrofida o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
19:29 / 11.05.2025
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
12:16 / 26.12.2021
Erdo‘g‘an Turkiyani “XXI asrning porlayotgan yulduzi” deb atadi
23:24 / 23.12.2021