Fransiyalik baliqchilar La-Manshdagi portlarni to‘sib qo‘ymoqchi
Baliqchilar portlardan tashqari, La-Mansh ostidagi tunnelni ham to‘sishadi.

Foto: REUTERS/Stephane Mahe
Fransuz baliqchilari Fransiyaning La-Mansh kanalidagi uchta portini Britaniya kemalari uchun to‘sib qo‘yishmoqchi. Bunga Buyuk Britaniya ularga haligacha o‘z hududiy suvlarida baliqchilik qilishga litsenziya bermagani sabab, deb xabar berdi CNN.
Fransiya dengiz baliqchiligi milliy qo‘mitasi norozilik aksiyalari Sen-Malo, Kale va Uistream port shaharlarida o‘tkazilishini ma'lum qildi. Baliqchilar portlardan tashqari, La-Mansh ostidagi tunnelni ham to‘sishadi.
«Bizga sadaqa kerak emas, biz o‘z litsenziyalarimizni qaytarmoqchimiz», — dedi qo‘mita prezidenti Jyerar Romiti.
27 oktyabrda Fransiya agar London La-Mansh suvlarida baliq tutishga to‘sqinlik qilishda davom etadigan bo‘lsa, Buyuk Britaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgandi.
London may oyida Fransiya baliqchi kemalariga Jyersi oroliga yaqin kelishni taqiqlagandi. Tarixiy jihatdan uning akvatoriyasi Fransiya baliqchilariniki hisoblanadi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

15:06 / 16.04.2025
Britaniya Huquqshunoslik universiteti O‘zbekistonda o‘z kampusini tashkil etishi mumkin

11:30 / 16.04.2025
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti

17:49 / 15.04.2025