Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin, Aliyev va Pashinyan uch soat davomida muzokara o‘tkazdi
Muzokaralar davomida Putin o‘tgan bir yil ichida Tog‘li Qorabog‘da ko‘p ishlar amalga oshirilgani, ammo barcha masalalar ham hal qilinmaganini qayd etdi.
Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon yetakchisi Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri o‘rtasidagi muzokaralar nihoyasiga yetdi, deb xabar berdi “Izvestiya”.
Xabarda aytilishicha, muzokaralar uch soat davom etdi.
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, keyinroq davlat rahbarlarining bayonoti e'lon qilinadi.
Muzokaralar davomida Putin o‘tgan bir yil ichida Tog‘li Qorabog‘da ko‘p ishlar amalga oshirilgani, ammo barcha masalalar ham hal qilinmaganini qayd etdi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi rossiyalik tinchlikparvar kuchlar javobgarligi ostidagi hududda vaziyat barqarorligini ta'kidladi.
Ammo Nikol Pashinyan Aliyevning bu fikriga qo‘shilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon-Armaniston chegarasidagi vaziyat 12 maydan buyon inqirozli holatda qolmoqda. Ozarboyjon qo‘shinlari Armaniston hududiga bostirib kirdi, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma'lumot berilishicha, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 15 dekabrda Bryusselda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025