Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng badavlat milliarderlarning boyligi bir kunda 37 mlrd dollarga kamaydi
Juma Amerika fond bozori uchun eng yomon kun bo‘ldi. Koronavirusning yangi shtammi aniqlangani sababli investorlar aktivlarini jadal sotishga kirishdi.
27 noyabr kuni dunyoning eng badavlat milliarderlarining umumiy boyligi 37,1 mlrd dollarga kamaydi. Bu Forbes Real-Time reytingida aks etmoqda.
- Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask: minus 7,9 mlrd dollar, boyligi — 282,4 mlrd dollar;
- Amazon asoschisi Jyeff Bezos: minus 3,8 mlrd dollar, boyligi — 201,6 mlrd dollar;
- Louis Vuitton va Dior egasi Arno Bernar: minus 9 mlrd dollar, boyligi — 189,4 mlrd dollar;
- Microsoft hammuassisi Bill Geyts: minus 2,1 mlrd dollar, boyligi — 137,4 mlrd dollar;
- Oracle asoschisi Larri Elisson: minus 1,9 mlrd dollar, boyligi — 125,6 mlrd dollar;
- Google hammuassisi Larri Peyj: minus 3,1 mlrd dollar, boyligi — 121,7 mlrd dollar;
- Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Tsukerberg: minus 2,8 mlrd dollar, boyligi — 119,2 mlrd dollar;
- Google hammuassisi Sergey Brin: minus 3 mlrd dollar, boyligi — 117,3 mlrd dollar;
- Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer: minus 2,2 mlrd dollar, boyligi — 104,1 mlrd dollar;
- Investor Uorren Baffet: minus 1,3 mlrd dollar, boyligi — 103,2 mlrd dollar.
Juma Amerika fond bozori uchun eng yomon kun bo‘ldi. Koronavirusning yangi shtammi aniqlangani sababli investorlar aktivlarini jadal sotishga kirishdi.
Brent ousumidagi neft narxi ham 10 foizdan ortiqroqqa arzonlab, bir barreli 73 dollardan pastroq narxda bo‘ldi.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur shtammda ko‘plab mutatsiyalar bo‘lib, ularning ayrimlari xavotirga soladi.
Ushbu shtamm bilan bog‘liq holatlar Yevropadagi mamlakatlarda ham qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
23:29 / 10.04.2025
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
09:41 / 04.04.2025
Moskva milliarderlar soni bo‘yicha dunyoning ikkinchi shahriga aylandi
11:09 / 02.04.2025
Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi
15:06 / 08.03.2025