Jahon | 19:02 / 29.11.2021
3498
1 daqiqa o‘qiladi

Qishki Universiada-2021 «omikron» shtammi sababli bekor qilindi

JSST yangi shtammni xavfli deb toifalaganidan so‘ng Shveytsariya hukumati mamlakatga kirishga nisbatan cheklovlar joriy etdi. Tashkilotchilarning fikricha, tez orada kiritilgan choralar yanada keskinlashadi.

Foto: Reuters

Shveytsariyada o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 2021 yilgi Qishki Universiada tashkiliy qo‘mitasi tadbir bekor qilinganini bildirdi.

Xabar qilinishicha, bu koronavirusning yanada xavfli deb hisoblanayotgan «omikron» shtammi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.

JSST yangi shtammni xavfli deb toifalaganidan so‘ng Shveytsariya hukumati mamlakatga kirishga nisbatan cheklovlar joriy etdi. Tashkilotchilarning fikricha, tez orada kiritilgan choralar yanada keskinlashadi.

Qishki Universiada 11-21 dekabr kunlari Lyutsern shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid