Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent halqa metrosini qurishga 354,3 mln dollar ajratiladi
2017 yil kuzidan buyon amalga oshirib kelinayotgan loyiha – Toshkentda yer usti halqa metrosini qurishning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, loyihaning mumiy qiymati 354,3 mln dollarni tashkil etadi. Shundan 208,3 mln dollari – davlat budjetidan.
Vazirlar Mahkamasining 26 noyabrdagi qarori bilan, Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalari qurilishining texnik-iqtisodiy hisobi tasdiqlandi.
Tasdiqlangan loyihaning umumiy qiymati 354,3 mln dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Bu mablag‘lar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- Davlat budjeti mablag‘lari – 208,3 mln dollar;
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan – 108, 3 mln dollar;
- Xitoy Eksimbankining 500 mln dollar krediti hisobidan;
- Davlat ulushi – 37, 07 mln dollar.
Loyihaning kapitallashuvi 317,2 mln dollarni tashkil etib, bu mablag‘lar mashina, asbob-uskunalar va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, Xitoy Eksimbankining krediti 20 yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr bilan berildi. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti esa to‘rt yillik imtiyozli davr bilan 15 yilga taqdim qilinadi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish maqsadida “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yo‘li hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalashtirilayotgani haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
07:37 / 26.05.2022
Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq o‘chib qoldi
10:55 / 17.05.2022
Toshkent metrosida 58 yoshli erkak poyezd yo‘liga tushib ketdi
12:23 / 14.04.2022
Toshkent metrosi aholidan jyetonlarni xarid qilishi haqida e’lon berdi
08:58 / 14.04.2022