Jahon | 23:41 / 30.11.2021
7758
1 daqiqa o‘qiladi

Dohada AQSh delegatsiyasi “Tolibon” bilan muzokaralar o‘tkazdi

Qayd etilishicha, toliblar delegatsiyasi AQShdan Afg‘onistonning muzlatilgan pullarini zudlik bilan bo‘shatish, qora ro‘yxatlar va sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi.

Foto: Twitter / Zabihullah Mujahid

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tom Uest boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi “Tolibon” harakati vakillari bilan ikki kunlik muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi toliblar TIV matbuot kotibi Abdul Qahhor Balxiy.

Xabarda aytilishicha, toliblar delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri mavlaviy Amirxon Muttaqiy boshchilik qilgan.

“Delegatsiyalar siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, sog‘liqni saqlash, ta'lim va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Afg‘on delegatsiyasi AQShni xavfsizlikni ta'minlashga ishontirdi va Afg‘onistonning muzlatilgan pullarini zudlik bilan bo‘shatish, qora ro‘yxatlar va sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi”, - deyiladi xabarda.

“Sanksiyalar to‘xtatilishi, gumanitar masalalar esa siyosatdan ajratilishi lozim”, - deya Muttaqiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Balxiy.

Xabarga ko‘ra, muzokaralar ijobiy yakunlangan va tomonlar kelgusida ham uchrashishga kelishib olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid