Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar qolmadi
Xo‘jayli tuman IIB profilaktika inspektori o‘z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini qabul qilgan.
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida Mehribonlik uylari yopildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi M.Rahmatullayev Bolalar uyidan 5 nafar tarbiyalanuvchini o‘z qaramog‘iga olgan. Qoraqolpog‘istonda Xo‘jayli tuman IIB profilaktika inspektori A.Atamurodov o‘z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini qabul qilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ahmedovlar oilasi ham Bolalar shaharchasidan 6 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatida bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 21 nafar tarbiyalanuvchilar o‘z oilasiga ega bo‘lishdi.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonning bir necha tumanida oilaviy bolalar uyi tashkil qilingandi.
Mavzuga oid
19:16 / 04.04.2023
“Mehribonlik uyidagi muhit bo‘yicha oldinroq tegishli organlarga ma’lumot berganmiz” – Milliy gvardiya mas’uli
15:16 / 17.05.2022
Bolalar namoyish uyushtirgan 21-son Mehribonlik uyi direktori ishdan bo‘shatildi. Prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atgan
21:06 / 21.04.2022
21-mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirdi – vazirlik munosabat bildirdi
15:41 / 21.04.2022