Jahon | 19:55 / 01.12.2021
7545
2 daqiqa o‘qiladi

Hondurasda prezident lavozimini ilk bor ayol kishi egallaydi

Foto: Getty Images

Hondurasning sobiq birinchi xonimi, 62 yoshli Siomara Kastro mamlakat tarixida prezident lavozimini egallaydigan birinchi ayol bo‘ladi. Bu 28 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida unga asosiy raqib bo‘lgan Nasri Asfura o‘z mag‘lubiyatini tan olgach ma'lum bo‘ldi.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, hukmron Milliy partiya saylovlardagi ovozlar hisoblanishi hali yakunlanmaganiga qaramay, o‘z nomzodi Nasri Asfuraning mag‘lubiyatini tan oldi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, so‘l kuchlar nomzodi bo‘lgan Siomara Kastro 53,4 foiz, uning raqibi esa 34 foiz ovoz to‘plagan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kastroni g‘alaba bilan tabriklagan va Vashington u bilan hamkorlik qilishga umid bildirib qolishini aytgan.

Siomara Kastroning turmush o‘rtog‘i Manuel Selayya 2006 yildan 2009 yilgacha Honduras prezidenti bo‘lgan va 2009 yilda yuz bergan davlat to‘ntaruvi natijasida hokimiyatdan chetlatilgan.

Mavzuga oid