Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Trampning migrantlar to‘g‘risidagi qonunini qayta tiklaydi
«Meksikada qoling» dasturi Bayden hokimiyatga kelganidan so‘ng bekor qilingandi. Unda AQShdan boshpana so‘raganlar Meksikada ushbu so‘rov bo‘yicha sud qarori chiqquniga qadar kutishlari ko‘zda tutilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati sobiq davlat rahbari Donald Trampning «Meksikada qoling» deb norasmiy nom olgan immigratsion dasturi amal qilishini tiklaydi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, kelasi haftada AQSh va Meksika hukumati o‘rtasida kelishuv imzolanganidan so‘ng migrantlarni himoya qilish to‘g‘risidagi protokol yana ishga tushadi.
«Meksikada qoling» dasturi Bayden hokimiyatga kelganidan so‘ng bekor qilingandi. Unda AQShdan boshpana so‘raganlar Meksikada ushbu so‘rov bo‘yicha sud qarori chiqquniga qadar kutishlari ko‘zda tutilgan.
Turli huquqni himoya qilish tashkilotlarining fikricha, bu migrantlar hayotiga xavf tug‘dirgan.
Mazkur dasturning qayta tiklanishi mamlakat oliy sudi Bayden ma'muriyati dasturni bekor qilishi noqonuniyligini bildirgan Texas shtati federal sudyasining tarafini olgani bilan bog‘liq. Oq uy sud qaroriga qarshilik ko‘rsatishga urindi, ammo yakunda yutqazdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025