Fan-texnika | 17:40 / 02.12.2021
53569
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla bolalar uchun mo‘ljallangan kvadrosiklini sotuvga chiqardi

Elektr kvadrosikl soatiga 16 km.gacha tezlikda harakatlana oladi. Akkumulyator bir marta quvvatlantirilganida 25 km yo‘l bosish mumkin, uni to‘liq quvvatlantirish uchun 5 soatcha vaqt ketadi.

Foto: Tesla

Tesla rasmiy saytida bolalar uchun mo‘ljallangan Cyberquad for Kids elektr kvadrosikli sotuvi boshlandi.

Kvadrosikl 8 yoshdan oshgan bolalarga mo‘ljallangan.

Cyberquad kvadrotskilining vazni 55 kg bo‘lib, u 68 kg og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi.

Elektr kvadrosikl soatiga 16 km.gacha tezlikda harakatlana oladi. Akkumulyator bir marta quvvatlantirilganida 25 km yo‘l bosish mumkin, uni to‘liq quvvatlantirish uchun 5 soatcha vaqt ketadi.

Cyberquad for Kids 1,9 ming dollardan taklif etilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid