Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda pora bilan qo‘lga tushgan rahbar 5 yilga qamaldi
9 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushgan Konimex tumani Obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘iga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Kun.uz'ga jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi Maqsud Rayimov xabar berdi.

Foto: KUN.UZ
Ma'lum qilinishicha, Konimex tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan 40 yoshli J.K. boshqarma tasarrufidagi “Damas” mashinasini boshqarmaning Zarafobod bo‘limi ixtiyoriga o‘tkazib berish uchun fuqaro F.M.dan 9 mln so‘m talab qilgan. U o‘z xizmat xonasida kelishilgan pulni olgan. Shuningdek, J.K. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, tuman obodonlashtirish boshqarmasiga ajratilgan “Isuzu” mashinasini boshqarmaning Zafarobod bo‘limi ixtiyoriga o‘tkazib berish evaziga F.Z.dan 15 mln so‘m talab qilgan hamda kelishilgan pullarni fuqaro M.D. orqali olgan.
Ammo rahbar “va'dasi”ni bajarmagan. “Damas” va “Isuzu” mashinalarini boshqarmaning Zafarobod bo‘limiga biriktirib berish paysalga solib kelingan. Bundan norozi bo‘lgan F.M. bergan pullarini qaytarishni talab qilgan. J.K. pora tariqasida olgan pullarning bir qismi sifatida 4 mln so‘m mablag‘ni fuqaro A.M. orqali qaytargan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, J.K. jinoiy sheriklari F.M. va M.D. bilan birgalikda obodonlashtirish boshqarmasi balansida bo‘lgan temir quvurlarni noqonuniy tarzda sotib yuborgan va 20,7 mln so‘mlik mol-mulkni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, J.K.ga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan hamda 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025