Jahon | 14:51 / 04.12.2021
38523
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy lunoxodi Oyning orqa tomonidagi «sirli uy» suratini jo‘natdi

Hozircha bu borada batafsil ma'lumot olish imkoni yo‘q, chunki «sirli uy»ning tasviri unchalik aniq emas.

Foto: CNSA

Xitoyning «Yuytu-2» lunoxodi Oydan kub shaklidagi sirli jism suratini jo‘natdi. Bu haqda jurnalist Endryu Jons o‘z Twitter sahifasida xabar qildi.

«Yuytu-2»dan Oyning orqa tomonidan yangilik keldi. Shimoliy ufqda kub shaklidagi noma'lum jism aniqlandi, uni «sirli uy» deb atashmoqda. Rover keyingi 3-4 kun ichida uning nimaligini aniqlash uchun yaqinroq boradi. U ustun yoki o‘zga sayyoraliklar emasligi aniq, lekin o‘rganishga arziydi», — deb yozdi u.

Hozircha bu borada batafsil ma'lumot olish imkoni yo‘q, chunki «sirli uy»ning tasviri unchalik aniq emas.

Oyning bu qismida kraterlar ko‘p bo‘lib, bu jism asteroid zarbasi natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Yuytu-2» 2019 yilda Fon Karman krateri joylashgan hududga qo‘ngan bo‘lib, u Oyning orqa tomoniga yetib kelgan birinchi lunoxod hisoblanadi.

Mavzuga oid