Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi. Shuningdek, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Institut xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi) reytingida oliy ta'lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta'lim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual ta'lim trayektoriyalariga asoslanadi.
Qarorga ko‘ra, Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.