Jahon | 10:30 / 06.12.2021
18063
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etishini aytdi

Foto: TASS

Koronavirus kamida 2026 yilgacha jiddiy xavf bo‘lib qolishi mumkin. Bunday xulosaga Scientific Advisory Group for Emergencies (SAGE) mutaxassislari kelishdi.

“SARS-CoV-2 kamida keyingi 5 yil davomida sog‘liqni saqlash tizimiga xavf bo‘lib qoladi va emlash hamda ma'lumotlarni monitoring qilish yordamida faol nazoratni talab qilib qoladi”, deb aytilgan tashkilotda.

Ekspertlarning fikricha, ushbu muddat emlash va kasallikning tarqalishini ushlab turish bo‘yicha choralar yetarlicha samarali bo‘lmasa, yanada cho‘zilishi mumkin.

Bundan tashqari, britaniyalik olimlar Britaniyada Yevropaning qolgan qismiga nisbatan koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganini aytgan. Ularning fikricha, bunga katta ko‘lamli emlash kampaniyasi evaziga erishilgan.

Shu bilan birga, turli davlatlar mutaxassislari koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi mumkinligini istisno etishmayapti. Bu Botsvana va JARda 20 noyabrda virusning yangi shtammi aniqlangani bilan bog‘langan. Olimlar “omikron” deb atalgan ushbu shtamm yuqori darajada yuquvchan va vaksinalarga bardoshli ekanini aytmoqda.

Avvalroq JSST ushbu shtammni “xavotirli” deb topgan va uni grek alifbosining 15-harfi – “omikron” bilan belgilagan. Ayni vaqtda ushbu shtamm dunyoning 40 taga yaqin davlatida qayd qilingan.

Mavzuga oid