Jamiyat | 15:30 / 07.12.2021
26985
3 daqiqa o‘qiladi

Tabiatni asrash - bizning burchimiz

So‘nggi yillarda o‘rmonlar kesilishi bo‘yicha dunyo statistikasiga e'tibor beradigan bo‘lsak, holat global darajada dahshatli. Bu nafaqat o‘rmon zaxirasiga ega mamlakatlar, balki bir qator boshqa davlatlar uchun ham muhimdir.

O‘rmonlarni kesish bo‘yicha statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab o‘rmonlar 200 ming km²ga qisqaradi. Bu esa o‘n minglab hayvonning o‘limiga olib keladi.

Agar biz ma'lumotni ming gektar maydonda alohida davlatlar uchun ko‘rib chiqsak, ular quyidagicha bo‘ladi:

Rossiya — 4.139;

Kanada — 2.45;

Braziliya — 2.15;

AQSh — 1.73;

Indoneziya — 1.6.

Daraxt kesish muammosi Xitoy, Argentina va Malayziyaga eng kam ta'sir qiladi. Sayyorada bir daqiqada taxminan 20 gektar o‘rmonzorlar yo‘q qilinadi. Bu muammo, ayniqsa tropik mintaqa uchun juda dolzarbdir. Masalan, Hindistonda so‘nggi ellik yildagi o‘rmon bilan qoplangan maydon 2 barobar kamaydi.

Braziliyada rivojlanish uchun o‘rmonning katta maydonlari qisqartirildi. Bu populyatsiya tufayli hayvonlar turlarining qismlari sezilarli darajada kamayadi. Afrika dunyodagi o‘rmon zaxiralarining taxminan 17 foizini tashkil qiladi. Bu esa 767 million gektarni tashkil etadi, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, har yili qariyb 3 million gektar o‘rmonzorlar yo‘q qilinadi. So‘nggi asrlarda Afrikada o‘rmonlarning 70% dan ortig‘i yo‘q qilindi. Shuni ta'kidlash kerakki, daraxt kesishning ko‘p qismi noqonuniy hisoblanadi.

O‘simliklar dunyosi hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbaidir. Bir gektar maydondagi daraxtlar bir kecha-kunduzda o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta'minlashga yetadi. Boshqacha aytganda, to‘rtta daraxt bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Ushbu ma'lumotlarni bejiz keltirmadik.

Bu borada Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va bu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish asosiy maqsaddir!

Siz ham bu xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing, “Yashil makon” umummilliy loyihasida Siz ham ishtirok eting!

O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid