Jahon | 10:28 / 08.12.2021
3123
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar avtobusga o‘t qo‘yishi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘ldi

Nigeriyaning Borno shtatida terrorchilar odamlarni olib ketayotgan avtobusga o‘t qo‘ydi. Buning oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.  

Foto: ng.glbnews.com

Ta'kidlanishicha, avtobusda Gidan Bava qishlog‘i aholisi bo‘lgan. Ular Sabon Birniga yo‘l olayotganda jangarilar pistirmasiga uchragan. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilar hujumi oqibatida 17 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan. Yana 7 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Shu bilan birga, voqea guvohlarining ta'kidlashicha, avtobusning ichi odamlar bilan liq to‘la bo‘lgan. Voqea joyida kamida 30 kishining jasadi qoldiqlari aniqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid