Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana ikki davlat Pekin Olimpiadasi boykotiga qo‘shildi
Britaniya va Kanada ham Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiadaga o‘z rasmiy vakillarini yubormaslikka qaror qildi.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Xitoyda inson huquqlari buzilishlari sababli 2022 yilda o‘tadigan Olimpiadaga na vazirlar, na boshqa rasmiy shaxslar yuborilmasligini aytgan.
Shu kuniyoq Britaniya ortidan Kanada ham Xitoydagi Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e'lon qildi.
“Kanada hamon Xitoydagi inson huquqlari buzilishlari haqidagi xabarlardan chuqur xavotirda. Shu sababli biz Pekindagi qishki Olimpiada va Paralimpiadaga diplomatik vakillarimizni yubormaymiz”, deb yozgan Tryudo Twitter’da.
Uning ta'kidlashicha, Kanada va uning ittifoqdoshlarining bu qarori Xitoy uchun “kutilmaganda” bo‘lmagan.
Bundan tashqari, Xitoydagi Olimpiadaga Yaponiya ham boykot e'lon qilishi mumkin.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Pekindagi Olimpiadani boykot qilayotgan davlatlar soni oshayotganiga qaramay, qo‘mita ushbu davlatlar sportchilari Olimpiadada ishtirok etish huquqidan mahrum etilmaganidan mamnun ekanini aytgan.
Pekindagi Olimpiada 2022 yil 4-20 fevral, Paralimpiada esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Bungacha uch davlat – AQSh, Avstraliya va Yangi Zelandiya Pekin Olimpiadasiga boykot e'lon qildi. AQSh, Avstraliya buni Xitoydagi inson huquqlari buzilishlari bilan bog‘lagan bo‘lsa, Yangi Zelandiya pandemiya sababli bunday qarorga kelgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
18:03 / 27.05.2025