O‘zbekiston | 09:00 / 10.12.2021
10612
2 daqiqa o‘qiladi

Mirabad Avenue 120 sotix maydonli hovli taqdimotini o‘tkazadi

13, 14 va 15 dekabr kunlari barcha uchun O‘zbekistondagi eng yirik obodonlashtirilgan hovli-bog‘iga tashrif buyurish imkoniyati mavjud.

Mirabad Avenue rezidensiyasi poytaxt markazidagi 120 sotix maydondagi eng yirik hovli-bog‘da qurilish ishlari yakunlanganini e'lon qiladi. Developerlar uch yildan beri amalga oshirishga harakat qilgan loyihaning O‘zbekistonda o‘xshashi yo‘q.

Foto: Mirabad Avenue

1,2 gektar maydonda loyihaga ko‘ra yana ikkita turar joy binosi sig‘ishi mumkin edi, ammo bu joy aholi uchun ko‘rkam bog‘ qurishga ajratildi. Tez orada A bloki aholisi shaxsiy hovlining barcha imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi, xususan:

  • toza havoda dam olish va ishlash uchun ideal bo‘lgan elektr ta'minoti modullari bilan jihozlangan ikki darajali dam olish maydoni;
  • turli yoshdagi bolalar uchun o‘yin maydonchalari;
  • bolalarga enagalik qilish xizmatiga ega bolalarni rivojlantirish klubi;
  • mashg‘ulot zonasi va yugurish yo‘laklari;
  • aholi uchun qahvaxona va oilaviy bayramlar uchun restoran.
Foto: Mirabad Avenue

Avtomobilsiz shaxsiy hovli, sun'iy suv havzasi va obodonlashtirilgan makon bilan hayratda qoldiradi — bu yerda, ayniqsa, yozning issiq kunlarida vaqt o‘tkazish juda yoqimli bo‘ladi.

Foto: Mirabad Avenue

13, 14 va 15 dekabr kunlari Mirabad Avenue rezidensiyasi barchani loyiha ko‘lamini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va baholash uchun Toshkentdagi umumiy maydoni 120 sotix bo‘lgan birinchi obodonlashtirilgan hovli-bog‘iga tashrif buyurish uchun taklif qiladi.

Foto: Mirabad Avenue

Mirabad Avenue — poytaxtning qoq markazidagi premium ko‘chmas mulk.

Manzil: Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, A blok.

Batafsil ma'lumot uchun:

(+998) 78−150−22−22

Telegram: t.me/mirabad_avenue

Telegram-bot: t.me/mirabad_avenue_bot

Instagram: @mirabad_avenue

Facebook: fb.com/mirabad.avenue

Sayt: mirabad.uz

Reklama huquqi asosida

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid