Jahon | 09:56 / 11.12.2021
35871
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika va AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ular Meksika orqali Nyu-York va Filadelfiya shaharlariga bormoqchi bo‘lishgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona shtatida 4 nafar o‘zbekistonlik Meksikadan noqonuniy ravishda chegarani kesib o‘tayotgan vaqtda Amerika xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi.

“Voyennyy obozrevatel” Telegram-kanalida yozilishicha, hibsga olinganlar Turkiya orqali Meksikaga borishgan va ushbu davlatdan AQShning Nyu-York va Filadelfiya shaharlariga yetib olish maqsadida bo‘lgan.

Chegaralarni noqonuniy kesib o‘tayotganlarga nisbatan qanday chora ko‘rilgani ma'lum qilinmagan. 

Mavzuga oid