Sport | 18:37 / 11.12.2021
26045
2 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» futbolchisi Diyor Rahimqulov avtohalokatga uchrab, halok bo‘ldi

Foto: Bunyodkor

Bugun, 11 dekabr kuni «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchisi, joriy mavsumni «Andijon» safida ijara asosida o‘tkazgan Diyor Rahimqulov avtohalokat natijasida vafot etdi. Bu haqda har ikki klub matbuot xizmati xabar bergan.

«Asli «Bunyodkor» klubiga tegishli bo‘lgan, yakuniga yetgan mavsumni esa andijonliklar tarkibida ijara asosida o‘tkazgan, endi 20 yoshni qarshi olgan Diyor Rahimqulov avtoto‘qnashuv natijasida hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi xabarni oldik. Kelajagi porloq, Olimpiya milliy jamoasiga nomzod hisoblangan marhumning yaqinlari, oila a'zolariga «Andijon» klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, birga to‘p surgan jamoadoshlari nomidan chuqur qayg‘uda ekanligimizni bildirib, hamdardligimizni izhor etamiz. Oxirati obod bo‘lsin!» - deya hamdardlik bildirgan vodiy klubi.

Ma'lumot uchun, 20 yoshli o‘yinchi «Andijon» klubi safida Superliga 2021 yilgi mavsumida 20 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgandi. Klub mavsum yakunida Diyor Rahimqulovning «Bunyodkor»ga qaytganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid