IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Podpolkovnik Azat Utemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Utemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi o‘rinbosari – tergov qismi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Muzaffar Rahmatullayev Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Rahmatullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
16:11
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024