Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «san’at ko‘chalari» paydo bo‘ladi
Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘tkazilgan videoselektorda prezident Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilishini aytdi.
«Eng avvalo, Toshkent shahrini ta’lim, tibbiyot, biznes va madaniy-ko‘ngilochar markazga aylantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish zarur.
Misol uchun, Sergeli tumani hokimi 16 kilometr uzunlikdagi yerusti metrosi atrofida tungi yoritgich, o‘rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 5 mingta ish o‘rni yaratish bo‘yicha taklif bildirgan. Bunday takliflar menga ma’qul.
Yoki poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san’at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik «san’at ko‘chalari»ni (hozir bu soha vakillariga mahsulotini sotishi uchun sharoit yaratilmagan) takliflarini ham qo‘llab-quvvatlayman.
Poytaxt hokimi Navro‘z bayramiga qadar «san’at ko‘chalari»ni tashkil qilib, namuna qilib ko‘rsatadi.
Shu kabi, «Chig‘atoy ko‘chasi» kabi xalqimiz va turistlarni o‘ziga tortadigan joylarda milliy va tematik ovqatlanish ko‘chalarini tashkil etish zarur.
Samarqand va Namangan shaharlari bo‘yicha ham bunday loyihalarni ishlab chiqib, bir oy muddatda bosh vazirga taqdimot qiladi.
Bundan tashqari, Fransiya, Italiya, Turkiyadan restavrator va muzey ishi mutaxassislarini olib kelib, barcha muzeylarni zamonaviy qiyofaga keltirish va «omborda chang bosib yotgan» noyob eksponatlarni namoyishga qo‘yish tashkil qilinsin. Shuningdek, barcha muzeylarga o‘zaro ko‘rgazmalar namoyishini yo‘lga qo‘yish uchun xorijdan hamkor muzeylarni topib bersin.
Bir oy muddatda Muzeylar faoliyatini jonlantirish dasturi ishlab chiqilsin. Bu orqali yiliga 500 mingdan ziyod turistlar uchun yangi marshrutlarni tashkil etsa bo‘ladi», degan davlat rahbari.
Ta’lim va tibbiyot muassasalari joylashgan hududlarda boshqa xizmatlarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar ko‘pligi ta’kidlandi.
«Misol uchun, Olmazor tumanidagi Forobiy ko‘chasida joylashgan tibbiyot maskanlari atrofida diagnostika, dorixona, mehmonxona, savdo va umumiy ovqatlanish obektlari tashkil etilib, tabiiy ravishda tibbiyot klasterlari shakllanmoqda.
Biz bunday kompleks xizmatlar ko‘rsatish joylari ko‘payishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Bu aholiga qulaylik yaratishi bilan birga, tibbiy xizmatlar eksportiga ham katta turtki bo‘lmoqda. Shu yilning o‘zida 40 mingdan ortiq chet el fuqarolari tibbiyot xizmatlaridan foydalandi.
Toshkent, Namangan va Samarqandda yadro meditsinasi markazi, neyro va kardioxirurgiya, stomatologiya, kosmetologiya klinikalarini tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatmoqda.
Shu bois, xususiy tibbiyot uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlari muddatini yana ikki yilga uzaytirdik», dedi prezident.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025