Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarderlar qariyb 50 mlrd dollarni xayriya qilishga va’da berdi
Giving Pledge loyihasining tashabbuskori milliarder Bill Geyts bo‘lib, uning g‘oyasiga ko‘ra, dunyoning eng badavlat insonlari boyligining kamida yarmini hayotligida yoki vasiyat orqali xayriya qilishi lozim.
Jami 14 kishi, jumladan, 11 nafar milliarder Giving Pledge tashabbusiga qo‘shildi – ular qariyb 50 milliard dollarni xayriya ishlariga ajratishga va’da berdi. Bu haqda mazkur loyiha matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Loyihaga qo‘shilganlar orasida dizayn uchun mo‘ljallangan Canva servisi asoschisi Melani Perkins va Kliff Obrext, Pinterest hammuassisi Ben Zilberman, DoorDash taom yetkazib berish xizmati rahbari Toni Syuy va milliarder Jared Ayzekman bor.
Ma’lumot berilishicha, tashabbusga dunyoning 28 mamlakatidan 231 nafar qatnashchi qo‘shilgan.
“Men doimo qo‘lingizdan kimgadir yordam berish kelsa, buni albatta qilishingiz kerak deb hisoblab kelganman”, — dedi loyiha tashabbuskori Bill Geyts.
Giving Pledge loyihasining tashabbuskori milliarder Bill Geyts bo‘lib, uning g‘oyasiga ko‘ra, dunyoning eng badavlat insonlari boyligining kamida yarmini hayotligida yoki vasiyat orqali xayriya qilishi lozim.
Ushbu tashabbusga Mark Tsukerberg va Ilon Mask ham qo‘shilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
23:29 / 10.04.2025
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
09:41 / 04.04.2025
Moskva milliarderlar soni bo‘yicha dunyoning ikkinchi shahriga aylandi
11:09 / 02.04.2025