Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyada havo zarbasi oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi
Efiopiyaning Tigray shtatida joylashgan Alamata shahrida havo zarbasi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tigray ozodlik xalq fronti rahbariyatiga tayanib Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi bozorlardan biri zarbaga uchragan. Uning oqibatida yana 78 kishi jarohat olgan.
Front nazoratida bo‘lgan Tigrai TV telekanalining xabar berishicha, 16 dekabrda Alamata shahriga Efiopiya federal kuchlari tomonidan 6ta zarba berilgan.
Efiopiya hukumati hozircha ushbu hodisaga izoh bermagan. Mustaqil manbalardan ham zarba berilgani va uning oqibatlari haqida tasdiqlov olinmagan.
Alamata shahri Efiopiyaning shimolini markaziy qismi bilan bog‘lovchi strategik muhim avtotrassa bo‘yida joylashgan. Federal kuchlar 28 noyabrda Tigray kuchlariga qarshi yirik hujumni boshlagan. Uning davomida hukumat kuchlari Amxara va Afar shtatlaridagi 30dan ko‘proq shahar ustidan nazoratni qaytara olgan va isyonchilarni Tigray tomon chekinishga majbur qilgan. Biroq 12 dekabrda isyonchilar qarshi hujumga o‘tib, bir qator hududlarda muayyan muvaffaqiyatga erishgan. Jumladan, ular Amxara shimolidagi Lalibela shahrini bosib olishgan.
Mavzuga oid
16:52 / 01.01.2025
Efiopiyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 71 kishi halok bo‘ldi
20:30 / 01.09.2024
Misr Efiopiya qurayotgan to‘g‘on bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashiga maktub yo‘lladi
20:22 / 24.08.2022
Efiopiyada mamlakat chegarasini buzib kirgan samolyot urib tushirildi
18:46 / 14.01.2022