O‘zbekiston | 10:43 / 17.12.2021
532
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 2022 yil yo‘llarni ta’mirlashga 59 milliard so‘m ajratiladi

Samarqand viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov samarqandliklarga murojaat qilmoqda. Turdimov o‘tgan 2021 yil davomida Samarqandda nima ishlar qilingani va kelasi yilda nima ishlar rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Murojaatda 2022 yil amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalari haqida ko‘rgazma taqdim etildi. Unda yozilishicha, Samarqandda keyingi yil avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga 59,9 milliard so‘m ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobiga 86 km yo‘llar ta’mirlanadi.

Shuningdek, keyingi yilda Samarqand viloyatida 148 km yangi elektr tarmoqlari tortish uchun 49,7 milliard so‘m, 24,6 km tabiiy gaz tarmoqlari tortish uchun 8,4 milliard so‘m, 284 km suv va oqova suv tarmoqlari tortish uchun 157,3 milliard so‘m ajratiladi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid