Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAirways Dehliga parvozlar sonini oshirmoqda. Chipta narxlari ma’lum qilindi
Toshkent – Dehli yo‘nalishida chipta narxi bir tomonga qariyb 2,3 mln so‘mdan, borish-qaytish uchun esa 3,9 mln so‘mdan boshlanadi.
Uzbekistan Airways 24 dekabrdan boshlab Hindiston poytaxti Dehliga aviaqatnovlarni haftasiga ikki martaba – seshanba va juma kunlari amalga oshiradi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra:
- HY 421 Toshkent – Dehli (Toshkent vaqti bilan): jo‘nab ketish – 02.15, manzilga yetib borish – 05.45.
- HY 422 Dehli – Toshkent (Dehli vaqti bilan): jo‘nab ketish – 08.15, Toshkentga yetib kelish – 10.45.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2 282 850 so‘m (bagajsiz) va 2 612 459 so‘m (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 922 586 so‘m (bagajsiz) va 4 435 311 so‘m (bagaj bilan birga) etib belgilangan.
Narxlar 17.12.2021 holatiga ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 09.05.2025
Urganch-Istanbul-Urganch reys texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024