G‘ofurjon Mirzayev viloyatda ijtimoiy obektlar qurilishidagi «o‘yin»larni tanqid qildi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev 2021 yil yakunlari va 2022 yilgi rejalar bo‘yicha murojaatnomani taqdim etdi. Unda viloyat hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi faoliyati, tuman va shaharlarda ichki yo‘llar qurilishiga loqaydlik tanqid qilindi.
«Sirdaryo viloyati hokimligi huzurida «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi bor. Ba’zida bor yoki yo‘qligi ham bilinmaydi. Katta-katta ijtimoiy obektlarni qurishda, o‘tkazilayotgan tenderlarda, quruvchilarni tanlab olishda juda katta xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Ijtimoiy obektlar qurilishi kechikayotganligi va sifatsiz qurilayotganligida litsenziyasiz quruvchilar va mavsumiy ishchilardan, boshqa kompaniyalarning texnikasidan foydalanilgani sabab bo‘lgan», - dedi G‘ofurjon Mirzayev o‘z murojaatida.
Shuningdek, viloyatning tuman va shaharlari hududidagi mahallalarning ichki yo‘llari qurilishi talab darajasida emas. Umumta’lim maktablari va ijtimoiy obektlarga olib boradigan yo‘llar ta’mirlanmagan. «Obod mahalla» va «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan hududlarga e’tibor qaratilgan, lekin boshqa mahallalarda ko‘chalarga hattoki shag‘al to‘kilmagani qayd etildi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
19:22 / 21.09.2024