Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vazirligi Trampni “ikkiyuzlamachi” deb atadi
Avvalroq AQSh sobiq prezidenti Xitoy pandemiya sababli yetkazilgan zarar uchun 60 trln dollar to‘lashi kerakligini aytgandi.
Xitoy hukumati AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni "ikkiyuzlamachi siyosatchi" deb hisoblaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan ma’lum qildi.
"Bunday ikkiyuzlamachi siyosatchilar aybni boshqalarga ag‘darishga qanchalik urinmasin, haqiqiy faktlarni o‘zgartira olmaydi. Tramp pandemiya uchun javobgarlikni bir necha marta Xitoyga ag‘darishga urindi, ammo bu bilan koronavirus tarqalishida birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlar aybdorligini doimo eslatib turdi", - dedi u.
Litszyanning so‘zlariga ko‘ra, Trampning Xitoy AQShga zarar yetkazayotgani to‘g‘risidagi gaplari "mutlaqo yolg‘on".
"Xitoy-Amerika munosabatlari aslida o‘zaro manfaatli tusga ega", - dedi Chjao Litszyan.
U aksincha, Qo‘shma Shtatlar Xitoy kompaniyalariga muntazam bosim o‘tkazayotganini aytdi.
Avvalroq Fox Sunday Morning Futures ko‘rsatuvida sobiq prezident Xitoy pandemiya sababli yetkazilgan zarar uchun 60 trln dollar to‘lashi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025