Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada Yevropadagi eng yirik yadro reaktori ishga tushirildi
Finlandiyada Yevropadagi eng yirik yadro reaktori Olkiluoto 3 ishga tushirildi. Bu haqda Yle nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihani Teollisuuden Voima kompaniyasi amalga oshirgan. Reaktorni ishga tushirish uchun tegishli ruxsat bir hafta oldin Radiatsiya va yadro xavfsizligi markazi STUK tomonidan berilgan.
Yangi reaktorda elektr energiya olishni u milliy elektr tarmog‘iga ulangandan keyin, ya’ni yanvar oxirida boshlash rejalashtirilgan. 6 oyga yaqin davom etadigan sinov vaqti davomida reaktor turli quvvatlardan foydalanib energiya ishlab chiqaradi. U iyundan boshlab to‘laqonli ishlay boshlaydi. Shunda reaktor yordamida mamlakatdagi butun elektr energiyaning 15 foizga yaqini olinadi.
Teollisuuden Voima’da ta’kidlanishicha, Finlandiyada oxirgi marta atom elektr stansiyasi 40 yildan ko‘proq vaqt avval, Yevropada esa 15 yil avval ishga tushirilgan.
Mavzuga oid
00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda
01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
21:39 / 28.04.2025