Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, Fransiyada “omikron” shtammi katta tezlikda tarqalmoqda.
Oxirgi sutkada Fransiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 73 mingdan ortiq holat qayd etildi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda.
“Rojdestvo va yangi yil orasidagi davrda Fransiyani “omikron” shtammi egallaydi”, — dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bemorlar soni yanada oshishi kutilmoqda.
“Oy oxiriga borib kunlik holatlar soni 100 mingdan oshadi”, — dedi u.
Veranning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda “omikron” tezlik bilan tarqalmoqda.
Bunga qadar Fransiyada sutkalik holatlar bo‘yicha rekord – 59019 ta holat dekabr boshida qayd etilgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025